Xorazmda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi

08.11.2018, 18:47

Xorazmda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish  bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi

Xorazmda “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, logistika va eksportni tashkil qilish” mavzuida forum tashkil etildi.  

Tegishli tashkilot vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat xokimligi, O‘zLiDeP viloyat Kengashi vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimizning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.  

–Mazkur forum biz tadbirkorlarga qaror doirasida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga undadi, – deydi “Xorazm qovuni” korxonasi rahbari,  O‘zLiDeP faoli S.Xadjayev. – Forum davomida korxonam faoliyati va ishlab chiqarishda qadoqlash va quritishda  qo‘llanilayotgan chet el texnika va texnologiyalari afzalliklari haqida fikr almashdik. Shu bilani birga, Xorazm sharoitida poliz mahsulotlarini qayta ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha tajriba almashdik.

Forumda nufuzli chet el korxonalari va chet el sarmoyalari asosida tashkil etilgan qo‘shma korxona rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislar mazkur sohani yanada rivojlantirish va mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Forum so‘ngida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash, meva-sabzavotni qayta ishlash va eksportini tashkil qilish, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini samarali o‘zlashtirish masalalari qayd etilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

    Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1082
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир тумани 2018-11-09 09:02:04

Хоразмда утказилган “Мева-сабзавот маҳсулотларини етиштириш, сақлаш ва қайта ишлаш, логистика ва экспортни ташкил қилиш” мавзуида форумнинг асосий максади хам тадбиркорликни янада ривожлантириш уларга кулаиликлар яратишдан иборат эканлиги маколадан куриниб утр. Тадбиркорликни ривожлантиришда амалий ердам килиш партиямизнинг бош максади.


Fikringizni qoldiring

+