Poytaxtlik faol xotin-qizlar partiyaning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi

09.11.2018, 15:30

Poytaxtlik faol xotin-qizlar partiyaning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi

Tadbirkor, uddaburon ayollarimiz ayni paytda tinib-tinchimas uy bekalarimiz hamdir. Uy-ro‘zg‘or, farzand tarbiyasi va boshqa adog‘iga yetmaydigan vazifalardan ortib, yana bir korxona yoki ishlab chiqarish sub’ektini boshqarib, ham ro‘zg‘origa, ham yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bunday xotin-qizlarning ishini ommalashtirish, tajribasini yoshlarga ulashish, mehnatini qadrlash muhim masala.

Kuni kecha O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi o‘tkazgan navbatdagi tadbirdan asosiy maqsad ham shu edi, aslida.

– Partiyamiz “Ayollar qanoti”ning asosiy maqsadi yangilik yaratishga chanqoq, el-yurt ravnaqi, manfati uchun fidoyi bo‘lgan, zamon ruhini teran ilg‘aydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermer xotin-qizlarni birlashtirishdir, – deydi bo‘lim mudiri Dilnoza Abdullajonova. – Qolaversa, ularning manfaatlarini himoya qilish, aql-zakovati, kuch-g‘ayrati, salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratib berish va ko‘maklashishdan iboratdir. Tadbirimizni “Ayollar qanoti – iqtisodiy faollik tarafdori” deb nomlaganimiz bejiz emas. Chunki bugun tashrif buyurgan xotin-qizlarimizning barchasi o‘z peshona terlari evaziga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, ayni paytda bir emas, bir nechta sub’ektni boshqarib, iqtisodiy yuksalishga erishishgan. Ularni taklif etishimizdan maqsad ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va partiyamiz tashkil topganining 15 yilligi arafasida munosiblarni taqdirlashdir.

– Men ushbu partiya safida ekanligimdan faxrlanaman, – deydi OʻzLiDeP Yunusobod tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Renata Yusupova. – Zero, bu partiya mamlakatimiz uchun eng faol qatlam – tadbirkoru ishbilarmonlarni o‘z atrofida jipslashtirgan. Uzoq yillardan buyon biznes bilan shug‘ullanayotganim bois bu sohaning o‘ziga yarasha mashaqqatlari, muammolari, quvonchu tashvishidan boxabarman. Shuning uchun mazkur partiyadan saylangan deputat sifatida elektoratimiz manfaatlarini himoyalash, ularga ko‘maklashishni asosiy vazifam deb bilaman.

Tadbirda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining ayollar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari D. Najmutdinova, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, poytaxtimizdagi shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, faol tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Anjuman so‘ngida faol xotin-qizlarga partiyaning qimmatbaho sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1102
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-09 18:09:53

Жамиятимз ривожида барча сохаларда хотин кизлараимзнинг фаоллик билан ендашиши бу биз аеллар учун мактанич. Барча софдош аел кизларимизни ютуклари билан табриклаймиз


Fikringizni qoldiring

+