20 nafarga yaqin buxorolik yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

09.11.2018, 15:48

20 nafarga yaqin buxorolik yoshlar O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etdi.

Tadbirda yosh, malakali, yangicha fikrlaydigan, el-yurt kelajagiga befarq bo‘lmagan rahbar kadrlar zaxirasini yaratish, tashabbuskor navqiron yigit-qizlarni partiya safiga jalb qilish borasida partiya tomonidan tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. 

– Mamlakatimiz taraqqiyoti, uning jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi ko‘p jihatdan bugungi yoshlarning bilim-tafakkuriga bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Jasur Boltayev. – Boisi, ilmga chanqoq, yurtni sevadigan yoshlarni partiyamiz safiga qo‘shilishi chinakamiga yangicha ruh, yangicha nafas olib kiradi. Shu bois, partiyamiz ham bunday g‘ayratli yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga katta ishonch bildirmoqda.

Tadbir so‘nggida  partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob bera oladigan, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan 20 nafarga yaqin yigit-qiz O‘zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

Aziz HAKIMOV,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+