O’zLiDeP deputatlari Jizzax viloyatining bosh moliyachisi hisobotini eshitdi

04.12.2017, 16:06

O’zLiDeP deputatlari Jizzax viloyatining bosh moliyachisi hisobotini eshitdi

Yaqinda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B. O‘ralovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilganidek, mahalliy budjet daromadlari tushumining prognoz ko‘rsatkichi 104,8 foizga bajarilib rejaga nisbatan 21,5 mlrd. so‘m ko‘p mablag‘ undirildi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida mahalliy budjet daromadlari tushumining prognoz ko‘rsatkichi 178,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Moliya bosh boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibini takomillashtirish, shuningdek Jizzax viloyati mahalliy budjetining daromad qismini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 751-sonli qaroriga asosan, Zafarobod sement zavodi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i qayta hisoblab chiqilishi natijasida ushbu soliq turidan mahalliy budjetga 14,0 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ to‘lab berildi.

Yig‘ilish yakunlarida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O`zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    1478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+