Kegeylida O‘zLiDePning 15 yilligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilyapti

12.11.2018, 17:45

Kegeylida O‘zLiDePning  15 yilligiga qizg‘in hozirlik ko‘rilyapti

O‘zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi Kegeyli maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “O’zLiDeP 15 yoshda” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.

Tadbirda parlament, siyosiy partiyalar faoliyati, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturida belgilangan vazifalar, shuningdek, O‘zLiDePning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni keng muhokama qilindi.

–Tumanimizda partiyaning 2 mingga yaqin a’zosi bo‘lib, shundan 70 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi, – deydi O‘zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi apparat rahbari Bayramboy Iskenderov. – Shu bois, partiya tashkil topganining 15 yillik bayramini joylarda keng nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ryapmiz. 

Tadbir yosh havaskorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom ettirildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    995
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+