O‘zLiDeP Surxondaryoda sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

12.11.2018, 17:47

O‘zLiDeP Surxondaryoda sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Termiz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar markazida partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan  sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad – sportning shaxmat turini yanada ommalashtirish, aholining shaxmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shaxmat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nabijon Norboyev 1-o‘rin, Elbek Zokirov 2-o‘rin, Temur Boboqulov esa 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar partiya viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Murod  EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1297
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+