O‘zLiDeP stol tennisi bo‘yicha musoboqa o‘tkazdi

13.11.2018, 16:30

O‘zLiDeP stol tennisi bo‘yicha musoboqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad – ayollar salomatligini mustahkamlash, ularda sportga bo‘lgan qiziqish va intilishini oshirish, sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘ilishini ta’minlashdan iborat.

– Ushbu sport turi kishidan chaqqonlik va epchillikni talab etadi, – deydi O‘zLiDeP faoli G.Abenova. – Sportning inson salomatligi uchun juda foydali ekanini bilamiz. Shu bois anchadan buyon stol tennisi bilan muntazam shug‘ullanib kelaman. Harakatlarim zoye ketmadi. Bugungi musobaqada 1- o‘rin sohibi bo‘ldim.

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar partiya tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    524
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+