Jizzaxda eng faol deputat, eng yaxshi partiya Kengashi va eng namunali BPT aniqlandi

13.11.2018, 17:10

Jizzaxda eng faol deputat, eng yaxshi partiya Kengashi va  eng namunali BPT aniqlandi

Jizzaxda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Nodir Rajabov 15 yil oldin partiyaning ta’sis etilishi, ilk qadamlar, aholi orasida liberal-demokratik g‘oyalarini targ‘ib qilish jarayonlari haqida gapirdi va barchani qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, tanlovning 3 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Roison Home White Goods” korxonasi qoshidagi BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Bozorgul To‘rayeva “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat”, partiya Sharof Rashidov tuman Kengashi    esa “Eng namunali tuman(shahar) partiya tashkiloti” deb topildi.

Shuningdek, “Deputatlik nazoratini samarali olib borgan deputat”, “Odamlarga yaqin bo‘lgan deputat”, “Tadbirkorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan tuman Kengashi”, “Yoshlar qanoti”  faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan tuman Kengashi”, “Ayollar qanoti” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan tuman Kengashi” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlandi.

                   Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-11-14 09:14:28

Ғолибларга Республика босқичида омад ёр бўлсин!


Х.Тўраев2018-11-13 17:54:35

Партиямиз ташкил топганлигининг 15 йиллиги барчамизга қутлуғ бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+