Andijonlik O‘zLiDeP faollari yo‘lovchilarga sovg‘a ulashmoqda

13.11.2018, 17:14

Andijonlik O‘zLiDeP faollari yo‘lovchilarga sovg‘a ulashmoqda

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan viloyatning barcha shahar, tumanlarida yo‘lovchi tashish avtoulovlariga partiya shiorlari aks etgan plakatlar yopishtirdi.  

–To‘g‘risi, partiya a’zosi bo‘lsamda, lekin O‘zLiDePning tashkil topgan sanasi haqida bilmasdim, – deydi Andijon tumanida yashovchi Nodiraxon Saidova. – Har kuni tumandan shaharga ishga qatnayman. Damaslar oynalariga yopishtirilgan shiorlarni ko‘rib, ko‘nglim faxrga to‘ldi. Barcha safdoshlarimizga 15 yillik ayyom muborak bo‘lsin!

Ta’kidlash kerak, shu kunlarda partiya “Yoshlar qanoti” faollari partiya plakatlari yopishtirilgan avtoulov yo‘lovchilariga partiya bukletlari, turli sovg‘alar ulashmoqda.

Elyorbek AVULOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    942
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+