Chortoqda 30 nafar tibbiyot xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi
13.11.2018, 17:17
O‘zLiDeP Chortoq tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan tumandagi 53 qishloq oilaviy poliklinikasida “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
–Tadbir ko‘pchilik qatori menda ham katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi Chortoq tumanidagi 53 oilaviy poliklinika kadrlar bo‘limi rahbari Ibodat Bobaxanova. – Shu bois, O‘zLiDePni tanlashga qaror qildim, Aytish joiz, bunday uchrashuvlar ayollarni yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga undaydi.
Tadbir so‘nggida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 30 nafar tibbiyot xodimi partiya safiga qabul qilindi.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring