Farg‘onaning eng faol deputati, partiya tashkiloti va quyi bo‘g‘ini aniqlandi

13.11.2018, 17:21

Farg‘onaning eng faol deputati, partiya tashkiloti va quyi bo‘g‘ini aniqlandi

Farg‘onada O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.  

–Bu yil partiyamiz tashkil topganiga 15 yil to‘ladi, – deydi Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi  M.Maxametova. – O‘tgan davr mobaynida partiyamiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. E’tiborlisi, partiya aholi, ayniqsa, tadbirkor va ishbilarmonlarning chinakam suyanchi bo‘la oldi. O‘ylaymanki, bundan buyon ham partiyamiz nafaqat elektoratimiz vakillarini, balki aholini qiynayotgan muammolarni ham o‘z vaqtida hal etadi. Chunki maqsadimiz bitta – aholi turmush farovonligini yaxshilash va xalqni hayotdan rozi qilish.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar partiya viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    617
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+