Orzular ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan

14.11.2018, 16:23

Orzular ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan

O‘zLiDeP Bo‘ka tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan shu mavzuda tadbir tashkil etdi.

Unda yurtimizdagi siyosiy partiyalar faoliyati, bunda O‘zLiDePning tutgan o‘rni va roli,  dasturiy maqsad va vazifalari, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mutlaqo yangi davrni boshlab bergan so‘nggi ikki yildagi faoliyati haqida so‘z yuritildi.

– Faoliyatimiz davomida oldimizga qo‘yilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qilyapmiz, – deydi O’zLiDeP  Bo‘ka tuman Kengashi raisi Anvar Ataxanov. – Shu bilan birga, joylarga tushib aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilyapmiz, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim izlayapiz. Shu bois, bugun fuqarolarning partiyamizga bo‘lgan ishonchi oshib bormoqda. Endilikda bu kabi amaliy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirib, elektoratimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilishimiz kerakligini anglayapmiz.

Tadbirda bir guruh partiya faollari, faxriylar hamda fidoyi deputatlar O‘zLiDePning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+