O‘zLiDeP faoli 150 yangi ish o‘rni yaratadi

14.11.2018, 16:30

O‘zLiDeP faoli  150 yangi ish o‘rni yaratadi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Gold dream” qo‘shma korxonasida partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etdi.

Ta’kidlash kerak, mazkur korxona 200 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadi. Eng muhimi, korxona tomonidan tashkil etilayotgan klinika ishga tushgach, yana 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

– O‘tgan 15 yil davomida O‘zLiDeP biz kabi tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiluvchi, yarim million tarafdorga ega katta siyosiy kuchga aylandi, – deydi korxona rahbari, partiya faoli Ibrohimjon Ergashev. – Bugun biz korxonamiz xodimlari bilan O‘zLiDePga a’zo bo‘ldik. Endi partiya bilan hamkorlikda mamlakatimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Tadbir so‘nggida korxonaning 11 nafar xodimi partiya safiga qo‘shilib, korxonada O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengash matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    894
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Илхомжон2018-11-14 20:10:30

Койил. Наманган вилоятининг 35000 аъзоси кабул килинганга ухшайди. Ахир гувохномада 0350000 ёзилган экан.Энг муҳими, корхона томонидан ташкил этилаётган клиника ишга тушгач, яна 150 та янги иш ўрни яратилади. Тасанно ишлашдан ва изланишдан асло чарчаманглар!


Fikringizni qoldiring

+