O‘zLiDeP jizzaxlik eng faol tadbirkor ayollarni taqdirladi

14.11.2018, 16:40

O‘zLiDeP jizzaxlik eng  faol tadbirkor ayollarni taqdirladi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Xotin – qizlarning siyosiy faolligini kuchaytirishda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning roli” mavzuida amaliy seminar tashkil etdi.

Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, BPT raislari, tajribali tadbirkor ayollar, partiya “Ayollar qanoti” faollari hamda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

–Seminar davomida tadbirkor va fermer xotin-qizlar faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘rganish barobarida ularni ijobiy hal etishga ham alohida e’tibor qaratdik, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri Shoira Hasanova. – Chunki biz tadbirkor ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularni erkin va samarali faoliyat yuritishlarini ta’minlasak, ularning O’zLiDePga bo‘lgan ishonchi yanada ortadi. Eng muhimi, partiyamiz safida faol va tashabbuskor ayollarimiz soni ko‘payadi. 

Tadbir yakunida partiya g‘oyalarini targ‘ib qilgan eng faol xotin-qizlar partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

                                                                 Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1100
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-11-14 17:19:45

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг 15 йиллиги барчамизга муборак бўлсин!


Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-14 16:48:00

Тадбиркор, фермер ва ишбилармон аёлларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаб, уларни манфаатларини химоя қилишда чарчаманг. Ҳамда барча Жиззах вилоят Кенгаши ходимларини ва барча партиядошларни партиянинг 15 йиллик байрами билан табриклайман.


Fikringizni qoldiring

+