Urganchda O‘zLiDeP faxriylari taqdirlandi

14.11.2018, 16:47

Urganchda O‘zLiDeP faxriylari taqdirlandi

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP bilan birga – rivojlanish sari” shiori ostida tadbir tashkil etdi.

Tadbirda uzoq yillardan beri partiya bilan hamorlik qilib kelayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning  faxriy a’zolari va yoshlar ishtirok etdi.

– 2004 yildan buyon O‘zLiDeP a’zosiman, – deydi “Urganch yog‘-moy” qoshidagi BPT rahbari Guloy Bekmuratova. – O‘tgan davr mobaynida partiya ko‘magida salmoqli natijalarga erishdik. Shu bois, tobora yaqinlashib kelayotgan partiyamizning 15 yillik bayrami munosabati bilan barcha maslakdoshlarimizni tabriklayman. Bayram hammamizga muborak bo‘lsin, azizlar! 

Tadbir davomida Urganch shahar Kengashida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar hamda partiyamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faollarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Tadbir so‘nggida partiyaga yangi a’zo bo‘lgan 17 nafar xodimga a’zolik guvohnomasi topshirildi. 

Doniyor JUMANIYAZOV,

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-11-15 09:00:16

Биз ҳам мамлакатимиздаги барча фахрий устозларни 15 йиллик байрам билан табриклаймиз. Уларнинг мамлакат истиқболи учун олиб борган фаолиятлари ёш авлод учун дастурий амал бўлиб хизмат қилади.


Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-14 16:54:33

Партиямиз кўмагида жуда кўп тадбиркорлар ўз ишларини йўлга қўймоқдалар. Барча партиядошларни партиянинг 15 ёшига тўлгани билан чин қалбимдан табриклайман.


Fikringizni qoldiring

+