Xorazmning eng faol deputati, partiya tashkiloti va quyi bo‘g‘ini aniqlandi

14.11.2018, 16:51

Xorazmning eng faol deputati,  partiya tashkiloti va quyi bo‘g‘ini aniqlandi

Xorazmda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkor va ishbilarmonlar, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etgan tadbirda so‘z olgan partiya faollari O‘zLiDePning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

–Bugungi tadbir chin ma’noda qo‘shaloq bayram bo‘ldi, – deydi O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Sababi, bayram munosabati bilan partiyamiz tomonidan “Tadbirkor va tashabbuskor ayollar – O’zLiDeP nigohida”, “O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi – 15 yoshda” nomli tanlovlar e’lon qilgan edik. Tanlovlarning tuman va shahar bosqichlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bugungi tadbirda esa tanlov g‘olib va sovrindorlarini tabrikladik.

Tadbirda shuningdek, O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat”, “Eng namunali BPT” va “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari ham aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Abdulla Ro‘zmetov eng faol deputat, “Xiva Muruvvat uyi” qoshidagi quyi bo‘g‘in eng namunali BPT va O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi eng namunali partiya tashkiloti deb topildi.

Tadbir yakunida partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda faol ishtirok etgani uchun bir guruh partiya faollari O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan  diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Jumanazar QURBANOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1067
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-14 17:02:57

O‘zLiDeP ташкил топганининг 15 йиллиги муносабати билан ўтказилаётган “Халқ депутатлари маҳаллий Кенгашларидаги энг фаол депутат”, “Энг намунали БПТ” ва “Энг намунали туман (шаҳар) партия ташкилоти” танловининг вилоят босқичи барча вилоятларда кўтаринки кайфиятда ўтказилди. Ғолиблар республика босқичига йўлланма олишди. Барчани партиянинг 15 ёшлиги муносабати бн табриклайман.


Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-14 16:59:33

O‘zLiDeP ташкил топганининг 15 йиллиги муносабати билан ўтказилаётган “Халқ депутатлари маҳаллий Кенгашларидаги энг фаол депутат”, “Энг намунали БПТ” ва “Энг намунали туман (шаҳар) партия ташкилоти” танловининг вилоят босқичилари барча вилоятларда кўтариники кайфиятда ўтказилди. барчани партиянинг 15 ёшли байрами билан табриклайман.


Fikringizni qoldiring

+