Sirdaryoning eng namunali partiya tashkiloti, quyi bo‘g‘ini va deputati aniqlandi

15.11.2018, 16:35

Sirdaryoning eng namunali partiya tashkiloti, quyi bo‘g‘ini va deputati aniqlandi

Sirdaryoda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari F.Abdusattorov barchani partiyaning 15 yilligi bilan qutlab, partiya Ustavi va Dasturida belgilangan vazifalarni targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatgan viloyat, tuman va shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari va partiya faollariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so‘ng hakamlar hay’ati tomonidan odamlar dardu tashvishi bilan yashayotgan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishda faol va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan partiya faollari taqdirlandi.  

–To‘g‘risi, ishtirokchilarning har bir g‘oliblikka davogar, – deydi F.Abdusattorov. – Shu bois, eng munosiblarni tanlashda biroz qiynaldik. Aytish joiz, bu kabi tanlovlar partiya a’zolarini birlashtirib katta kuch bo‘lishida, aholi o‘rtasida partiya Ustav va Dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni targ‘ib qilishida xizmat qiladi.  

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, Boyovut tumani “Markaziy Shifoxona” qoshidagi BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, Manzura Dodayeva “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat”, O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi esa “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” deb topildi.         

M. ISMATULLAYEV,

 Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    1236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+