O‘zLiDeP “Turin”da yoshlar bilan uchrashdi

16.11.2018, 15:50

O‘zLiDeP “Turin”da yoshlar bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Turin politexnika universitetida  partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etdi.

Unda partiya shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olgan partiya faollari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim sharti ekanini ta’kidlashdi.

– Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Bobur Rasulov. –Natijada har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topgan yoshlarimiz davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yurityapti. Quvonarlisi, bunday g‘ayratli yoshlarni davlatimiz rahbari ham qo‘llab-quvvatlab, ularga katta ishonch bildirmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar Turin politexnika universiteti hududidagi kutubxona, sport zali va mexatronika texnoparkida ham bo‘lishdi.  

S.IBROXIMXONOV,

 O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+