Xorazmlik haykaltarosh O‘zLiDeP tanlovida g‘olib bo‘ldi

16.11.2018, 16:00

Xorazmlik haykaltarosh  O‘zLiDeP tanlovida g‘olib bo‘ldi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Tadbirkor va tashabbuskor ayollar – O‘zLiDeP nigohida” mavzuida tanlov o‘tkazdi.

Unda tadbirkor, fermer, haykaltarosh, hunarmand, tikuvchi, qandolatchi, kasanachi kabi kasb egalari bo‘lgan 37 nafar xotin-qiz ishtirok etdi.

 – Tanlovga 12 turdagi xaykaltaroshlik namunalarim bilan qatnashdim, – deydi tanlov g‘olibi Shahlo Sharipova. – Bugungi kunda 40 dan ortiq shogirdlarim bilan turli xil san’at asarlari yaratib, ichki bozorga chiqaryapmiz. Og‘ichi, faoliyatimni rivojlantirishda partiya katta yordam bergan. Tanlovda menga bildirilgan ishonch zimmamga juda katta mas’uliyat yukladi.

Tanlovda Shahlo Sharipovadan tashqari Shahnoza Nazarova va Shirin Xidirovalar ham taqdirlanishdi.

Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+