Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Prezidentimiz topshirig‘ini faoliyatining bosh mezoni sifatida qabul qilishdi

16.11.2018, 16:14

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Prezidentimiz topshirig‘ini faoliyatining bosh mezoni sifatida qabul qilishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 15 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Nukus shahrida qorqalpog‘istonlik faollar bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya muhiti yaxshilangani, zarur shart-sharoitlar yaratilgani natijasida keyingi ikki yilda yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 36 foizdan 41 foizga oshgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining ko‘proq ish o‘rinlari yaratish, buning uchun yangi korxonalar tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlari Qoraqalpog‘istonda yashayotgan har bir kishining ko‘nglini ko‘tardi. Mazkur topshiriq bevosita aholini ish bilan ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatini kengaytirish uchun ham keng imkoniyat yaratadi. Shu bois qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Prezidentimizning mazkur topshirig‘ini faoliyatining bosh mezoni sifatida qabul qilishdi.

Ta’kidlash kerak, 2019-2020 yillarda Qoraqalpog‘istonda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 1 ming 18 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun 11 trillion so‘m, jumladan, 895 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Sag‘indiq Turmanov,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+