O‘zLiDeP Oqdaryoda kitobxonlikni targ‘ib qildi

16.11.2018, 16:49

O‘zLiDeP Oqdaryoda kitobxonlikni targ‘ib qildi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi Oqdaryo politexnika kasb-hunar kollejida “Kitob – ma’naviyat beshigi” mavzuida uchrashuv tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, partiya tuman Kengashi xodimlari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etgan tadbirda mumtoz adabiyotimiz va san’atimiz durdonalarini targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy an’ana va qadriyatlarga nisbatan hurmat-ehtirom hissini shakllantirish, unutilib borayotgan ma’naviy merosimizni ommalashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasida turli tanlovlar, musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga partiya dasturiy maqsad va g‘oyalari, partiyaning yoshlar yo‘nalishdagi loyihalari haqida kengroq ma’lumotlar berildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    675
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+