Fidoyilik va mas’uliyat partiya tashkiloti nufuzini oshiradi

19.11.2018, 16:45

Fidoyilik va mas’uliyat partiya tashkiloti nufuzini oshiradi

Navoiyda “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali BPT”, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tegishli soha vakillari, partiya viloyat Kengashi xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari ishtirok etgan tadbirda tanlovning maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.

— Partiya ustav va dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan BPT, mahalliy Kengash  deputlarini rag‘batlantirish ish unumi va samaradorligini oshiradi, — deydi O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi raisi Yashin Dushanov. — Eetiborlisi, bunday tanlovlar aholining partiyamizga bo‘lgan ishonchini orttirib, xayrixohlarimiz soni ko‘payishiga xizmat qiladi.

— Odamlar quruq majlisbozlik va va’dabozlik emas, amaliy ishlari bilan yurt obodligi hamda aholi farovonligiga hissa qo‘shayotgan partiyaga ishonishini faoliyatimiz davomida anglab yetdik, — deydi partiya Zarafshon shahar Kengashi apparat rahbari Nodira Otamurodova. — Bunday e’tirof bizni yanada faol bo‘lishga, aholini qiynab kelayotgan muammolarni ro‘y-rost ko‘tarib chiqishga undaydi. Endi tanlovning Respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi  “Eng namunali shahar partiya tashkiloti”, Zarafshon shahridagi “GMZ-2” qoshidagi quyi bo‘g‘in “Eng namunali BPT”,  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A. Azimov  esa “Eng faol deputat” deb topildi.

Tanlov so‘ngida g‘olib va sovrindorlar partiya viloyat Kengashi tomonidan  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Мамадалиев2018-11-23 13:03:40

ўлганмас, улкан.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-11-20 09:30:13

Партиямиз ташкил этилганлигининг 15 йиллиги муносабати билан ўтказилган кўплаб тадбирлар мен ўйлайманки партиямиз содиқ аъзоларининг ёдида анча вақт муҳрланиб қолади. Чунки Навоий вилояти қолаверса бутун Ўзбекистон бўйлаб ўтказилган қатор тадбирлар юқори савияда ташкил этилди ва ўтказилди. Кўрик танловларнинг Республика босқичида вилоятимиз шанини мардларча ҳимоя қиладиган партиямиз жонкуярларига ўлган омадлар тилаб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+