O‘zLiDeP ko‘magida Namanganda 991 murojaat ijobiy hal etildi

19.11.2018, 16:52

O‘zLiDeP ko‘magida Namanganda 991 murojaat ijobiy hal etildi

Bundan ikki oy avval O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Namangan viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh Namangan tumanidagi “Obod qishloq” Davlat dasturiga kiritilgan mahallalarda bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgangan edi.

O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotlarga 78 ta so‘rov yuborilgan edi. O‘tgan vaqt davomida mazkur tashkilotlar hamkorligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va aholi muammolari ijobiy hal etildi. Natijada 245 bank krediti,  489 kommunal, 138 huquqiy va ijtimoiy hamda boshqa sohalarga oid  jami 991 ta murojaat o‘z yechimini topdi.        

–Joriy yilning avgust oyida ishchi guruh a’zolaridan ichki zovurlarni tozalashda ko‘mak so‘ragan edik, – deydi “Sho‘rqo‘rg‘on” MFY aholisi Odiljon Ergashev. –Mana oradan hech qancha vaqt o‘tmay partiya faollari sa’y-harakati bilan muammoyimiz hal bo‘ldi. Zaklab ketgan uylar yaxshilandi, sho‘rlanish yo‘qoldi. Buning uchun O‘zLiDeP faollaridan minnatdormiz.

Darvoqe, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida ham aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarning aksariyati  o‘z yechimini topgan.

–Ko‘p yillardan buyon toza ichimlik suvi va suyultirilgan gaz muammosidan qiynalamiz. Shu bois, ushbu masalada partiya faollaridan ko‘mak so‘ragan edik, – deydi “Oqtosh” MFY raisi Valijon Sattorov. – Mana muammolar o‘z yechimini topdi, mahallamizga suv tortildi. Har oyda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Bundan odamlarimiz juda xursand.

Ta’kidlash kerak, o‘rganishlar natijasida hali ham o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtosh”  mahallasida qo‘shimcha transformator o‘rnatish kerak, Namangan tumanidagi “Sho‘rqo‘rg‘on” mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun qo‘shimcha suv bashnyasi o‘rnatish hamda Chortoq tumanidagi “Obod diyor” hududida 800 o‘rinli MTM qurish zarur. Shu bois, ushbu masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

        Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengash

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+