O‘zLiDeP yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratadi, deydi samarqandlik Elyos Ergashov

19.11.2018, 17:01

O‘zLiDeP yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratadi, deydi samarqandlik Elyos Ergashov

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi Samarqand Veterinariya meditsinasi institutida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzuida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

 Unda partiya shahar Kengashi xodimlari, xalq deputatlari shahar kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari, tajribali tadbirkorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, yigit-qizlarni tadbirkorlik savodxonligini oshirish hamda ularga biznes tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat. 

–Bolalikdan siyosiy jarayonlarga qiziqaman, – deydi Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti talabasi Elyos Ergashov. –Shu bois, yurtimizdagi barcha siyosiy partiyalarning faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam kuzatib boraman. Xususan, O‘zLiDePning ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarida partiyaning qator amaliy ishlarini ko‘rib partiyaga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi. Ishonchim komilki, bu partiya yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratadi.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Siroj ERGASHEV,

O‘zLiDeP Samarqand shahar

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1047
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+