O‘zLiDeP Samarqandda sportning yengil atletika va karate turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

19.11.2018, 17:13

O‘zLiDeP Samarqandda sportning yengil atletika va karate turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” “Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz” shiori ostida sportning yengil atletika va karate turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi.

Musobaqadan ko‘zlangan maqsad – chekka hududlarda yashayotgan yosh qizlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish, ayol murabbiylar tayyorlash ishlarini rag‘batlantirish hamda ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

–Mamlakatimizda xotin-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk farzandlarni tarbiyalashda yuksak samara bermoqda, – deydi Armrestling bo‘yicha Osiyo chempioni Diyora Bozorova. –  Biz erishayotgan bunday muvaffaqiyatlar zamirida yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar mujassam. Sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor natijasida biz kabi ko‘plab chempionlar yetishib chiqmoqda, mamlakatimiz dovrig‘ini butun dunyoga tanitmoqda.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Samarqand  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    469
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+