Buxoroda Prezident qarori mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

19.11.2018, 17:16

Buxoroda Prezident qarori mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini innovatsion  rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, partiya viloyat Kengashi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda mazkur farmon doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

–Tadbir davomida aholi, ayniqsa, tadbirkor va ishbilarmonlarga mazkur Farmon mazmun-mohiyati haqida kengroq ma’lumotlar berdik, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Berdiyev. – Chunki hujjat mohiyatini tushunmay turib, uni ijrosini ta’minlashga kirishib bo‘lmaydi.

Tadbirda shuningdek, farmon ahamiyati borasida qator tashkilot vakillari, olimlar va partiya faollarining fikr-mulohazalari tinglandi.  

Shamshod JAFAROV,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi

  matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    675
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+