O‘zLiDeP faoli, “Namangan momiq sochiqlari” MChJ rahbari G‘.Babaxanov mingga yaqin ish o‘rni yaratmoqchi

20.11.2018, 17:22

O‘zLiDeP faoli, “Namangan momiq sochiqlari” MChJ rahbari G‘.Babaxanov mingga yaqin ish o‘rni yaratmoqchi

Xabaringiz bor, yaqinda Prezident sovrini uchun tadbirkor,  fermer va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazilgan edi.

Unda O‘zLiDeP faoli, “Namangan momiq sochiqlari” MChJ rahbari G‘iyosiddin Babaxanov “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovrini SPARK avtomobili bilan taqdirlandi.

Takidlash kerak, bugungi kunda trikotaj mahsulotlari, kattalar va bolalar uchun momiq xalatlar, sochiqlar ishlab chiqarayotgan korxona mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki Rossiya, Moldaviya, Bolgariya davlatlariga ham eksport qilinyapti.   

–To‘g‘risi, hozir judayam hayojondaman. Boisi, bugun har bir ishtirokchi g‘oliblikka davogar edi. Lekin hakamlar hay’ati ko‘plab ishtirokchilar orasidan meni g‘oliblikka loyiq deb topishdi, – deydi korxona rahbari G‘.Babaxanov. –Bu yuksak etirof albatta kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shadi. Endi belni mahkam bog‘lab, bildirilgan ishonchni oqlashga, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratishga kirishamiz. Kelgusi yilda esa ishlab chiqarish hajmini kengaytirib, 996 ta yangi ish o‘rni yaratish niyatimiz bor.

         Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengash

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1821
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+