O‘zMUning 150 nafar talabasi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

20.11.2018, 17:32

O‘zMUning 150 nafar talabasi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Toshkent shahar va Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi hamkorligida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Tadbirkor yoshlar – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tegishli soha vakillari, partiya shahar Kengashi xodimlari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda siyosiy partiyalar faoliyati, ayniqsa, O‘zLiDePning jamiyatdagi tutgan o‘rni va roli, dasturiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi. 

– Yoshlarimiz kelajagimiz poydevori, – deydi O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi apparat rahbari Nilufar Zokirova – Shu bois, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Maqsad esa bitta – yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashish va har jihatdan yetuk, tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash.

Tadbirda so‘z olgan talabalar O‘zLiDeP faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam kuzatib borishlarini aytib, partiyaning amaliy ishlarini yuksak baholadilar.

– Bolalikdan tadbirkorlik faoliyatiga qiziqaman. Shu bois, O‘zLiDePni tanladim. Chunki ushbu partiya yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashganiga ko‘p marotaba guvoh bo‘lganman, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Robiya Alaviddinova. – Endi partiya ko‘magida tadbirkorlik faoliyatimni boshlab, tengqurlarimni bandligini ta’minlashga qaror qildim.

Tadbir so‘nggida O‘zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 150 nafar talabalarga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Murodjon  O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1115
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+