O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 50 nafar xotin-qizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

21.11.2018, 16:32

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 50 nafar xotin-qizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi “Ayollar qanoti” “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari” mavzuida  tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Ko‘rik davomida 50 ga yaqin xotin-qizlar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar a’zolari hamda yolg‘iz, boquvchisini yuqotgan qariyalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

–Aholi ayniqsa, xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari juda zarur, – deydi vrach-gematolog Dilorom Shovvozova. – Sababi, tuman markaziy shifoxonasi bilan qishloq oilaviy poliklinikalari oralig‘i olis. UZI, EKG tekshiruvlari qishloq oilaviy poliklinikalarida mavjud emas. Shu bois, ko‘pchilik xotin-qizlarimiz vaqtida tibbiy tekshiruvlardan o‘tmaydi. Bu esa oddiy kasalliklarni ham jiddiy tus olib ketishiga sabab bo‘ladi.

– Tibbiy ko‘rikni hududimizda tashkil etilgani ayni mudao bo‘ldi, –deydi tadbir ishtirokchisi Robiya Xatamova. –Boisi, ko‘rik davomida farzandlarim bepul shifokor ko‘rigidan o‘tishdi. Ochig‘i, bugungi ko‘rikda tibbiyot xodimlarining o‘z ustida tinimsiz ishlayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Ishonamanki, bu kabi tadbirlar davom etadi.

Tadbir yakunida keyingi paytda xotin-qizlar orasida ko‘p uchrayotgan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha zarur maslahatlar berildi, ularni bartaraf  etish choralari ko‘rildi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+