O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan mirzaobodlik yoshlar uchun sayohat uyushtirdi

21.11.2018, 16:36

O‘zLiDeP o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan mirzaobodlik yoshlar uchun sayohat uyushtirdi

O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi Mirzaobod qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun yirik ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirdi.

Dastlab yoshlar Guliston shahridagi “Bek” birlashmasiga qarashli tekstil korxonasiga bordi.

Tashrif chog‘ida yoshlar ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga tayyorlash jarayoni hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar bilan tanishdi.

Korxona rahbarining aytishicha, korxona asosan tekstil mahsulotlari, xususan, erkaklar, ayollar va bolalar uchun mavsumiy kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Korxonada esa 800 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi.

 –Ushbu sayohatdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni tadbirkorlik sub’ektlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat edi, – deydi O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi apparat rahbari Xabibulla Sulaymanov. – Shu bois, sayohat davomida ishtirokchilarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo‘l-yo‘riqlari haqida kengroq ma’lumotlar berishga harakat qildik.

Keyingi manzil Mirzaobod tumanidagi “Bek cluster” MChJga qarashli issiqxona bo‘ldi.

Shu kuni mazkur klaster maydonida viloyatdagi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan tekstil mahsulotlari, quyonchilik, parrandachilik mahsulotlari esa yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+