Andijonlik tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida innovatsion rivojlanish markazi tashkil qilmoqchi

21.11.2018, 16:58

Andijonlik tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida innovatsion rivojlanish markazi tashkil qilmoqchi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini innovatsion  rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Unda viloyatimizning salohiyatli, tajribali tadbirkor va ishbilarmonlari, olimlar, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar, viloyatdagi mavjud to‘rtta oliygohning iqtidorli, tashabbuskor talabalari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Baxtiyorjon O‘sarov Andijon shahridagi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari. Uning faoliyati bevosita innovatsion g‘oya va tashabbuslar bilan bog‘liq. Baxtiyorjon anchadan buyon diliga tugib yurgan maqsadini aynan mazkur tadbirda mutasaddilarga taklif sifatida bildirdi.

Uning Andijon viloyatida iinovatsion g‘oyalar markazini partiya bilan hamkorlikda tashkil qilish taklifi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

–Mazkur muloqot biz kabi tadbirkorlar uchun ayni mudao bo‘ldi, – deydi B.O‘sarov. – Boisi, tadbirda barcha sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jumladan, zaminimizda yetishtirilayotgan xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish maqsadida klaster usulini joriy etish, viloyatning eksport salohiyatini yuksaltirish, bu borada innovatsion g‘oyalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, innovatsion g‘oya va fikrlarni yig‘ish, ular asosida yangi loyihalar tayyorlash, texnologiyalar yaratish, joriy etishda amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar mutasaddilar tomonidan ma’qullandi.

Abror XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    999
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+