“Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kam foizli, uzoq muddatli kreditlar ajratish kerak”, deyishmoqda namanganlik maslakdoshlarimiz

22.11.2018, 15:30

“Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kam foizli, uzoq muddatli kreditlar ajratish kerak”, deyishmoqda namanganlik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini innovatsion  rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Partiya viloyat Kengashi xodimlari, Innovatsion rivojlantirish vazirligi vakillari hamda tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etgan tadbirda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, dolzarb loyihalarni moliyalashtirish  tartiblari haqida kengroq ma’lumotlar berildi.

–Hozirda viloyatimizdagi har bir tumanda fan-klublar tashkil etganmiz, – deydi Namangan viloyat investitsiya va innovatsiya markazi mutaxassisi Begzod Shamsiddinov. –Maqsad o‘z innovatsion g‘oyasiga ega iqtidorli, izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kashfiyotlarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Tadbirda shuningdek, namanganlik olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kam foizli, uzoq muddatli kreditlar ajratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish taklifi bildirildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengash

matbuot xizmati kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+