O‘zLiDeP deputati xorijlik shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etdi

23.11.2018, 11:54

O‘zLiDeP deputati xorijlik shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etdi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Usmonov tashabbusi shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida Norvegiya, Amerika, janubiy Koreya va poytaxtdan kelgan 30 nafar malakali shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

–Ko‘p yillardan buyon og‘ir hastaman. Deputatimizga rahmat, uning tashabbusi bilan to‘liq tekshiruvdan o‘tdim, – deydi Azizaxon Toxirova. – Shuningdek, o‘zim uchun kerakli bo‘lgan dori-vositalarini ham oldim. Buning uchun partiya vakillari, deputatimiz va chet ellik doktorlardan minnatdorman. Ilohim, bunday saxovatpesha deputatlarimiz yurtimizda ko‘payaversin.

Ta’kidlash kerak, ko‘rik davomida bemorlar to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, mutaxassislar tavsiyasini olishdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali, dori-darmonga ehtiyojmand oilalarga esa bepul dori-darmonlar tarqatildi.  

–Ochig‘i, ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib tibbiy ko‘rikdan o‘tishga vaqt ajratolmas edik, – deydi Fotimaxon Nizomova. – Bugungi ko‘rik esa biz kabi ayollar uchun ayni muddao bo‘ldi. Shu bois, o‘zim va barcha xotin-qizlar nomidan O‘zLiDePga hamda xalq dardiga sherik deputatimizga rahmat aytaman.

Sh.TOLIPOVA,

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+