Ishongan vakillar ishlashyapti
23.11.2018, 12:17

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarini tumandagi kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ziyod tadbirkor va sarmoyador ham yaxshi taniydi. Chunki partiyamiz vakillari bu yerda muntazam muloqotlar o‘tkazishyapti.
Turli idoralar vakillari qatnashayotgan uchrashuvlarda ishbilarmonlar o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarni o‘rtaga tashlashyapti, ularga birgalikda yechim izlayapti.
– Ayniqsa, yer maydoni ajratilishi va bankdan kredit olish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘p, – deydi tuman Kengashi deputati Baxtiyor Sagatov. – Masalan, yaqinda yosh tadbirkor Doston Eshimov moliya muassasasidan sarmoya olishda qiynalayotganini bildirdi. Tegishli tashkilotlar bilan hamjihatlikda ish olib borib, tadbirkorga “Milliy bank” tuman filialidan 150 million so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashdik. Hozir D. Eshimov kichik sanoat zonasida faoliyat boshladi.
Deputatlarimiz tumanning boshqa hududlarida sayyor qabullar uyushtirib, aholidan tushgan ariza-shikoyatlar, taklif-tavsiyalar umumlashtirilib, deputatlik guruhi yig‘ilishlarida muhokama qilinyapti, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilyapti. Shu yili davlat va nodavlat tashkilotlariga turli masalalar yuzasidan 45 ta deputatlik so‘rovi yo‘llangani e’tiborga molik. Natijada so‘rovlarda bayon qilingan 41 ta muammo hal etildi, qolgan 4 ta nisbatan murakkab masalaning yechimi esa nazoratga olingan. Ayrim masalalar tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga qo‘yilyapti.
Jasurbek Qodirov
O‘zLiDeP Olmazor tuman
Kengashi apparat rahbari
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va rag‘batlar
21.01.2021, 10:18
-
Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori
09.12.2020, 10:28
-
Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
02.12.2020, 16:29
-
Qoraqalpoq xalqi hayotining real yaxshilanishiga erishish – asosiy maqsadimiz
12.11.2020, 09:20
-
Yashirin iqtisodiyot: unga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir
04.11.2020, 10:33
Bildirilgan fikrlar
Абдуллох Иргашев2018-11-23 16:38:25
Албатда амалга оширилаетган ишларда депутатларни урни бекиес. Бу борада партия ташкилоти масьулларига хамда депутатларга омад ва зафарлар тилаб коламиз.