O‘zLiDeP deputati kattaqo‘rg‘onlik Ishmamat Murodovga o‘z biznesini boshlashi uchun kredit olib berdi

23.11.2018, 16:56

O‘zLiDeP deputati kattaqo‘rg‘onlik Ishmamat Murodovga o‘z biznesini boshlashi uchun kredit olib berdi

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi “Kattaming” MFY hududidagi 30-son bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda so‘z olgan “Qumoq” qishlog‘ida yashovchi Bo‘riniyoz Ro‘ziyeva mahalladagi ichki yo‘llarning ahvoli qoniqarsiz ekanligidan shikoyat qildi va shu masalada ko‘mak so‘radi. Ushbu murojaatni xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Sh.Amirov 2019 yil Davlat dasturiga kiritilishi ko‘zda tutilayotganini aytdi.

Hududdagi “Yangiqishloq” qishlog‘ida yashovchi Fazilat Murtozayeva farzandi Akbar Isroilov nogironligi sababli mahalladan moddiy yordam chiqartirib berishda ko‘mak so‘radi. Ushbu masala yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tuman mahalla jamg‘armasi bo‘limiga so‘rov chiqaraladigan bo‘ldi.

“Kattaming” MFYda yashovchi Obid Mahmudov mahallaga gaz ballonlari o‘z vaqtida kelmayotganligi, fuqaro Roqiya Kundasheva hududda ichimlik suvi muammosi borligi, ikki kundan buyon ichimlik suvi to‘xtaganligini aytib, muammoni hal etishda yordam so‘radi. Har ikki malasa yuzasidan ham tegishli tashkilotlarga so‘rov chiqarilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shu mahallada yashovchi Ishmamat Murodov tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bankdan kredit olishda ko‘mak so‘radi.  Mazkur murojaatni xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Sh.Amirov shu kunning o‘zida OAT “Savdogar bank” Ishtixon filiali Payshanba mini banki rahbari O.Ro‘ziyev bilan suhbatlashib masalani joyida hal etdi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    902
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгшаи ижрочи котиб 2018-11-24 09:57:28

O‘zLiDeP депутатлари катнашида барча ҳудудлардаги утказилаетган сайёр қабулларда ахолининг энг долзарб муоммалари урганилиб иложи борича шу жойнинг узида ечимини топишга харакат килиниб амалий ердамлар курсатилмокда.


Fikringizni qoldiring

+