Kattaqo‘rg‘onlik deputatlarimiz Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i hisobotidan qoniqdi

23.11.2018, 17:28

Kattaqo‘rg‘onlik deputatlarimiz Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat xizmatlari markazi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i B.Rustamovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda 2018 yil 14 noyabr holatiga ko‘ra, jami 2581 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 887 ta yuridik shaxslar, 39 oilaviy korxona, 1896 ta fermer xo‘jaliklari, 4982 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etadi.

B.Rustamovning aytishicha, tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 10 oyida jami 307 yuridik shaxslar, shundan 139 MChJ, 11 xususiy korxona, 148 fermer xo‘jaligi, 10  oilaviy korxona hamda  869 ta YaTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

–Shu yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Markazimiz orqali tadbirkorlik sub’ektlariga jami 16 ming 888 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi, –deydi B.Rustamov. Shundan 371 injenerlik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, 3 qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda ruxsatnoma, 21 yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 19 turar joyni noturarjoy toifasiga o‘tkazish, 14 dori-vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash va boshqa xizmatlarni tashkil qiladi.

Yig‘ilishda shuningdek, tumanda tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida sohaga qiziqish bildirayotgan yoshlar soni kundan kunga ortib borayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘nggida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O’zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O’zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    484
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+