Norinlik 10 nafar xotin-qiz O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi
23.11.2018, 17:33
O‘zLiDeP Norin tuman Kengashi “Changitma” MFY qoshidagi BPTda “Ayollarning huquqiy madaniyati va uni yuksaltirish masalalari O‘zLiDeP nigohida” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda ayollarning jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish, onalik va bolalikni muxofaza qilish, hotin-qizlarni reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzi borasidagi tibbiy savodxonligini oshirish borasida partiya tuman Kengashi tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan ishlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.
–Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – xotin-qizlarning ma’naviy dunyosini boyitish barobarida ularning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Norin tuman Kengashi apparat rahbari Nahida Rahimova. – Shu nuqtai nazardan faol tadbirkor, ishbilarmon ayollarning hayotiy tajribasini yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatish, ular ishtirokida davra suhbati, amaliy seminarlar va master-klasslar tashkil etish orqali ayol tadbirkorlar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratyapmiz.
Tadbirda siyosiy jihatdan yetuk, partiya maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishga qodir bo‘lgan xotin-qizlardan 10 nafari partiya istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.
Husnida IMINJONOVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi bo‘lim mudiri
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Bildirilgan fikrlar
Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-24 09:48:30
Партиямизнинг максад ва вазифаларини таргиб килишда хотин-кизларимизнинг фаоллик билан ендашиши уларнинг жамият ривожидаги хиссаси албатта бизни кувонтиради. Келажакда рахбар хотин кизлар сони купайиши тарофдоримиз.