O‘zLiDeP Samarqandda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun mohiyatini muhokama qildi

27.11.2018, 17:52

O‘zLiDeP Samarqandda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun mohiyatini muhokama qildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashi, Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakillari ishtirok etdi.  

Qayd etilganidek, mamlakatimizda bandlik siyosatini amalga oshirishda ushbu qonun ustuvor ahamiyat kasb etadi. E’tiborlisi, endi davlat tashkilotlari qatorida, xususiy bandlik agentliklari ham mehnat bozoridagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

– Mazkur qonun aholini ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va shartlari, jumladan, xususiy bandlik agentliklari, korxonalar va ish qidirayotgan shaxslarning huquq hamda majburiyatlarini belgilashga qaratilgan, – deydi Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari Nasiba Vafoqulova. – Xususiy bandlik agentliklari xorijdagi mehnat bozorini o‘rganish, chet eldagi ish beruvchilarni topish va oldindan tanlovdan o‘tgan ish qidirayotgan shaxslar bilan shartnomalar tuzish bilan shug‘ullanadi. Eng muhimi, fuqarolarning mamlakatdan tashqarida ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutasaddilari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

N.MO‘MINOVA,

                                                                                                                  O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim  mudiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1533
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+