O‘zLiDeP sirdaryolik o‘quvchilarning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalari ko‘rgazmasini tashkil etdi

27.11.2018, 17:55

O‘zLiDeP sirdaryolik o‘quvchilarning ijodiy  g‘oyalari va ishlanmalari ko‘rgazmasini tashkil etdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tegishli soha vakillari, partiya viloyat va Shirin shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari F.Abdusattorov mamlakatimizda yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohada iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi.

– Partiya viloyat Kengashi hamda viloyat kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda “Shahar svetoforini muqobil energiya bilan ta’minlash” innovatsion loyiham bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan edim, – deydi tadbir ishtirokchisi Umar Ergashev. – Endi tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilaman. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar kollej o‘quvchilarining ijodiy g‘oyalari va ishlanmalari bilan tanishdi.

 Husan JABBOROV,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

 

  • Ko'rildi
    1069
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+