O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” baliqchilik opa-uka nizosiga barham berdi

27.11.2018, 18:04

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” baliqchilik  opa-uka nizosiga barham berdi

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi raisining Ayollar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosariga tumandagi “Alchazor” mahallasida yashovchi M.Qodirovadan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda u ukasi J.Olimov bilan uy-joy bo‘yicha kelisholmayotganini bayon qilgan. Uka qondoshlikni ham unutib, opani 5 oy avval ko‘chada qoldirgan ekan.

Ota-ona hayot chog‘ida boquvchisini yo‘qotib, taqdir izmi bilan ota uyiga qaytgan M.Qodirovaning qaramog‘ida bir nafar qizi bor. 12 sotixli katta hovliga opasini “sig‘dirmayotgan” ukani insofga keltirish oson bo‘lmadi.

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Farovon oila” loyihasi doirasida mazkur nizo bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari, tegishli mutasaddilar bilan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

 Targ‘ibot-tushuntirish ishlaridan so‘ng opa-uka nizosiga barham berildi. M. Qodirova ota uyiga qaytarildi. Partiya “Ayollar qanoti” fidoyiligi bilan unutilayozgan mehrga qayta jon kirdi...

Mohidil TOXLIBOYEVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1078
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+