O’zLiDeP deputatlik guruhi Chimboyda elektr tarmoqlari korxonasining hisobotini tingladi

05.12.2017, 17:14

O’zLiDeP deputatlik guruhi Chimboyda elektr tarmoqlari korxonasining hisobotini tingladi

Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda  aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi muhokama etildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi muhandisi A. Jumabayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda ta’kidlanganidek, TP-10/0,4kV transformator punktlaridan 24tasida yirik ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayni kunlarda esa 98 ta transformator punkti hamda kuchlanishi 10 kV bo‘lgan 182,2 km liniyada ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘istonRespublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

 

 

  • Ko'rildi
    1441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+