Qorako‘ldagi maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

27.11.2018, 18:07

Qorako‘ldagi maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Qorako‘l tumanidagi 3- sonli akademik litseyida “O‘zLiDeP – amaliy ishlar partiyasi” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, partiya viloyat va tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

– Siyosiy partiyalar faoliyatini muntazam ravishda kuzatib boraman, – deydi litsey o‘quvchisi Zarnigor Mehmonova. – Ayniqsa, O‘zLiDeP tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlarini alohida kuzataman, – Chunki ushbu partiya nafaqat tadbirkor va fermerlar, balki yoshlar manfaatlarini ham himoya qiladi.  Shu bois, O‘zLiDePni tanladim.

Ta’kidlash kerak, tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 50 nafardan ortiq yoshlarga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1059
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+