Senator: bir bolaga yetti mahalla ota-ona

28.11.2018, 12:30

Senator: bir bolaga yetti mahalla ota-ona

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Sotiboldiyev jamiyatdagi ma’naviy axloqiy-muhit va farzand tarbiyasi azaldan nafaqat ota-onaning balki jamoatchilikning ham nazoratida bo‘lganligini “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”degan naqlimiz bilan izohladi. Va shu ma’noda ushbu masala haqli ravishda jamoat nazoratida bo‘lishi kerakligini bildirdi. Shu ma’noda qo‘shnisinikida, mahallada yoxud ko‘chada - shundoq yaqin joyda yuz berayotgan salbiy holatlarga “Menga nima?” degan qabilda munosabatda bo‘linayotganligi ana shu qadimiy xalqona qoidamizga zid ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, u 2019 yildan kuchga kiradigan Soliq Kodeksi ijrosini ta’minlashda ham jamoatchilik nazoratining faol ishtiroki zarurligiga e’tibor qaratdi. Xususan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchilarning, qolaversa, oddiy fuqarolarning ham tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovlarini yashirish holatlarini aniqlash va ularni oshkor qilishdagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega dedi senator U. Sotiboldiyev.

Davra suhbatida Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish, uning ijrosini ta’minlashda zamonaviy innovatsion shakllardan foydalanish zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni shu yil 12 aprelda qabul qilingan. Mazkur hujjat 21 moddadan iborat.

  • Ko'rildi
    1748
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+