Asakalik deputatlarimiz hokim o‘rinbosari faoliyatidan qoniqdi

28.11.2018, 16:56

Asakalik deputatlarimiz hokim  o‘rinbosari faoliyatidan qoniqdi

Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosari I.Soipovning hisoboti tinglandi.

– Prezidentimizning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori aholi turmush darajasining oshishi uchun muhim dasturulamal bo‘lmoqda, – deydi I.Soipov. – E’tiborlisi, mazkur hujjat doirasida A.Temur MFYdagi “N.Kubro” ko‘chasida 3 ta 3 qavatli, Kamolot mahallasida 18 ta xonadonga mo‘ljallangan 2 ta 3 qavatli arzon uy-joylar, Mehnatobod mahallasida 32, Devatagi MFYda 10 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurib topshirish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman xalq ta’lim bo‘limi mudirining axboroti eshitildi.

–2018-2019  o‘quv yilida tumandagi 7 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ishlab-chiqarish majmualari tashkil etildi, – deydi tuman xalq ta’lim bo‘limi mudiri Mamasharip Husainov. – Maktablarni joylashish masofasi xisobga olinib, tegishli shartnomalar tuzilgan holda, 3995 nafar 10-sinf, 2602 nafar 11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatilmoqda. Biz bu borada mutasaddiga bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida nazoratga olish va yoshlar o‘rtasida faol tadbirkorlikni targ‘ib etish, amalga oshirilayotgan ishlarini OAV orqali keng yoritib borish taklifini berdik.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bobirmirzo HOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman

 Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+