O‘zLiDeP deputati: 2019 yilda Toyloqdagi sanoat korxonalarida 3000 yangi ish o‘rni yaratiladi

28.11.2018, 17:26

O‘zLiDeP deputati: 2019 yilda Toyloqdagi sanoat korxonalarida  3000 yangi ish o‘rni yaratiladi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Toshtemir Hojiqulovning axborot eshitildi.

Hisobotda aytilishicha, 2017 yilda tumanda 585 mlrd so‘mlik sanoat, 424 mlrd so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan. O‘tgan yillar davomida hududda kichik biznes sub’ektlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar natijasida hududiy sanoat mahsulotlari hajmi sezilarli darajada oshdi.

– Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli chekka-chekka hududlarda ham sanoat rivojlanmoqda, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Mo‘tabar Yuldosheva. – Keyingi yilda tumanimizning bu boradagi ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanishi shubhasiz. Chunki 2019 yilda xorijiy investorlarni jalb etgan holda 5 ta katta loyiha doirasida sanoat korxonalari tashkil etilib, 3000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi. 

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+