Ayol – oila, mahalla, jamiyat nigohida

28.11.2018, 17:38

Ayol – oila, mahalla, jamiyat nigohida

O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tumandagi 51-umumta’lim maktabida “Ayol – oila, mahalla, jamiyat nigohida” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirda oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yosh oilalarni mustahkamlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini joylarda targ‘ib qilish kabi masalalari muhokama qilindi.

–Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yaqindan ko‘mak berish bo‘yicha tashviqot ishlarini kuchaytirish asosiy vazifamiz hisoblanadi, – deydi O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Z.Ishmuradova. – Shu bois, keyingi paytlarda tumanimizda xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida ham xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i va erkinligiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyatlar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Tadbirda xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ayollar huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi xodimi

  • Ko'rildi
    1846
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+