Qarshidagi tadbirda 12 nafar xotin-qiz partiyaga a’zo bo‘ldi

28.11.2018, 17:47

Qarshidagi tadbirda 12 nafar  xotin-qiz partiyaga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalariga oid dolzarb masalalar” mavzuida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, partiya shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Ayollar qanoti” faollari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar qatnashdi.

– O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” o‘z oldiga xotin-qizlar bandligini ta’minlashda yangicha yondashuv yaratishni eng muhim vazifa etib belgilagan, – deydi O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Surayyo O‘rinova. – Buning uchun tadbirkor ayollar mahorat darslarini tashkil etishga e’tiborni kuchaytirishimiz lozim. Shuningdek, yosh iqtidorli qizlarimizning yangi innovatsion g‘oyalarni o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirish orqali oilaga, jamiyatga kerakligini his qildirish asosiy vazifalarimizdan biridir.

–Tadbirkorlik faoliyatimni 2003 yilda boshlaganman, – deydi “Dildora Invest Umumiy Qurilish Servis” Ruxshona Yo‘ldosheva. – 2016 yilda O’zLiDePning “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida qatnashib, 64 million so‘mlik imtiyozli kredit sohibasiga aylandim. Kreditni maqsadli yo‘naltirib, faoliyatimizni kengaytirdik. Tikuv mashinalari sonini 10 taga yetkazib, 20 ga yaqin xotin-qiz bandligini ta’minladik.

Ta’kidlash kerak, tadbirkor hozirda “Aqlli bekat” nomli yangi innovatsion g‘oya ustida ishlayapti. “Aqlli bekat”da “Wi-Fi” zona, quyosh batareykalari bilan ishlovchi elektr chiroqlar, telefon va noutbuklarni quvvatlantirish uchun maxsus qurilmalar tashkil etiladi. Quyosh batareykalar kunduz kuni quyoshdan energiya oladi va kechki paytda bekatni yoritadi. Buning natijasida anchagina elektr toki tejaladi.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 12 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1037
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+