O‘zLiDeP har bir oila tadbirkor bo‘lish tarafdori

29.11.2018, 17:16

O‘zLiDeP har bir oila tadbirkor bo‘lish tarafdori

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tumandagi “Shirinkent” MFYda “O‘zLiDeP har bir oila tadbirkor bo‘lish tarafdori” mavzuida amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir avvalida partiya faollari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar “Shirinkent” mahallasida yashovchi Egamberdiyev Abdualim xonodonida bo‘lib, tomorqada tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

 –2 sotix maydonda issiqxona tashkil etganimizga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q, – deydi xonadon sohibi Abdualim Egamberdiyev. –Lekin hozirga qadar 20 tub limon daraxtining har bir tupidan 100 donadan hosil oldik. Endi “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida bankdan 7 foizli imtiyozli kredit olib, qo‘shimcha issiqxonalar tashkil etmoqchimiz.

Qodir ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1091
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+