Namanganda O‘zLiDeP ko‘magida 100 dan ortiq xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

29.11.2018, 17:19

Namanganda O‘zLiDeP ko‘magida 100 dan ortiq xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”  “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Inson salomatligi xususiy sektor mas’uliyati va hissasi” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Unda partiya Namangan shahar Kengashi faollari, viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, oilaviy ajrimlarning oldini olish va ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ayollar salomatligini mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. 

–“Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasining asosiy maqsadi xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Husnida Iminjonova.– Shu bois, tadbir davomida 100 dan ortiq xotin-qizlarni, ayniqsa, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik.

Tabdir yakunida 10 nafar kam ta’minlangan xotin-qizga partiyaning xayriya sovg‘alari topshirildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    925
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-30 17:30:45

O‘zLiDeP Наманган вилоят Кенгаши аёллар қаноти бўлими томонидан кам таъминланган оилалар холидан хабар олиш уларни қўллаб-қувватлаш ишларида ривож тилайман. Хамкор ташкилотлар билан хамкорлик бардавом бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+