O‘zLiDeP deputati 2 nafar fuqaroga parrandachilik bilan shug‘ullanishi uchun kredit olib berdi

29.11.2018, 17:35

O‘zLiDeP deputati 2 nafar fuqaroga parrandachilik bilan shug‘ullanishi uchun kredit olib berdi

O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tumandagi “Mang‘it” MFYda Prezidentimizning “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qarorning qabul qilinishi respublikamizda parrandachilikni yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, ularning turlari va eksport ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

–Mazkur sohada oilaviy tadbirkorlikni tashkil etishda O‘zLiDeP faollari ham o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda, – deydi partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Qodir Shoyimov. – Jumladan, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’osi O.Xusanov tashabbusi bilan “Mang‘it” MFYda yashovchi Aziz Rajabovga “Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi” orqali 25 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib berildi. Natijada Azizbek o‘z tomorqasida “g‘oz” parvarishini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, “Sardoba” MFYda yashovchi Qamariddin Muxiddinovga 18 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilishi va tovuq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan Aziz Rajabov va Qamariddin Muxiddinovlarning xonadonida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

  O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+